Og'abek Sobirov, Ozoda Nursaidova - Yaxshisini topmaysiz

[Og’abek Sobirov]
Xorazm degan eldan
Ishq o`ynashmoqqa galdim.
Xudo buyursa, jonim-ey,
To`lib-toshmoqqa galdim.

Sizga aytsam to`g`risin,
Ko`nglim ochmoqqa galdim.
Suhbatlashib mazali,
Otamlashmoqqa galdim.

Suhbatlashib mazali-yey,
Otamlashmoqqa galdim.

Ovora bo`lmang, mandan
Yaxshisini topmaysiz.
Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

[Ozoda Nursaidova]
Charchab kelgan mehmonim,
Xorazmning yo`lidan.
Olib qochib gapni ham,
O`tqazdingiz nolidan.

Men bilan ishq o`ynashmoq
Nahot kelsa, azizim,
Men bilgan xorazmlik
Yigitlarning qo`lidan?

Men bilgan xorazmlik
Yigitlarning qo`lidan?

Ketmadingizmi, og`a,
Haddingizdan sal oshib?
Qolmasangiz bo`lgani
Yo`lingizdan adashib.

Qolmasangiz bo`lgani-yey
Yo`lingizdan adashib.

[Og’abek Sobirov]
Yo`qdir yomon o`y-fikr,
Toza mening yuragim.
Muhabbatda hammadan-ey
Siz edingiz tilagim.

Yomon yigit emasman,
Tushmoqqa shay bilagim,
Javlon urib yuribman-ey
Man sizni deb, malagim.

Javlon urib yuribman-ey
Man sizni deb, malagim.

Ovora bo`lmang, mandan
Yaxshisini topmaysiz.
Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

[Ozoda Nursaidova]
Qo`ying, boshqani topib,
Siz o`shani quchingiz.
Ko`p valaqlab ketdingiz-ey,
Salgina past tushingiz.

Anoyingiz topibsiz,
Turish-turmushingiz shu.
Men bilan ishq o`ynashga-yey
Yetarmikan kuchingiz?

Men bilan ishq o`ynashga-yey
Yetarmikan kuchingiz?

Ketmadingizmi, og`a,
Haddingizdan sal oshib?
Qolmasangiz bo`lgani
Yo`lingizdan adashib.

Qolmasangiz bo`lgani-yey
Yo`lingizdan adashib.

[Og’abek Sobirov]
Turganimga qaramang
Mo`min bo`lib, ta’zimda,
Qo`shiqlar yangrab, ayni
To`y qizigan bazmda.

Dog`da qo`yib kuyovni,
Jonon kelinposhshani,
O`girlab ketish rasmi
Bor hali Xorazmda.

O`girlab ketish rasmi-yey
Bor hali Xorazmda.

Ovora bo`lmang, mandan
Yaxshisini topmaysiz.
Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

Aytishmoqqa mandan zo`r
Baxshisini topmaysiz.

[Ozoda Nursaidova]
Boshginam asta-asta
Bormoqdadir aylanib,
Dillarimiz rishtasi-yey
Bir-biriga boylanib.

Yozdirib keldingizmi
Yo mulloga bir duo?
Yurakkinam ichiga-yey
Oldingizku joylanib.

Yurakkinam ichiga-yey
Oldingizku joylanib.

Barchangizga Yaratgan
Yo`ldosh bo`lsin, azizlar.
Ishqda baxtu-saodat
Yo`ldosh bo`lsin azizlar.

[Og’abek Sobirov va Ozoda Nursaidova]
Barchangizga Yaratgan
Yo`ldosh bo`lsin, azizlar.
Ishqda baxtu-saodat
Yo`ldosh bo`lsin azizlar.

Ishqda baxtu-saodat
Yo`ldosh bo`lsin azizlar.
Yo`ldosh bo`lsin azizlar…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Adham Soliyev, Ozoda Nursaidova - Mehmonim
Hosila Rahimova - O’zingni ehtiyot qil
Ilhom Ibrohimov - Sizga sevgim chin
Alisher Fayz - Ozarbayjon go’zali
Feruza Jumaniyozova - Kel azizim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты