Tashlandiq, tashlandiq, {x2}
Tashlandiq!
U qo`rqmas o`limdan, hatto g`am-dardlardan,
Hayot endi bu go`dak uchun sinov.
Tug`ilganidan beri bardosh, kurash va harakat,
Qalbida yildan-yilga to`ladi nafrat.
Shiori faqat “sabr-toqat”,
Bor-u yog`i cholga oqibat.
Ammo o`zi topadi na baxt va omad,
Mayli deb ishondi, baxt deb kurashdi,
O`z o`rnini topishga harakat qildi.
Do`sti dovyurak, tirishqoq va mard,
Armoni qalb ostida, faqat bitta dard.
Aytingchi do`stlar, qani haqiqat,
Qani haqiqat?
Bolalik mazasini totib ko`rmagan,
Ey Xudo, so`ragan edi sandan atigi bir faryod.
Oqibatda tark etdi uni oxirgi najot.
Quvonch va mehrni faqat oq-qora kinoda ko`rgan,
Kim deysizmi? Ha, o`sha gunohsiz tashlandiq.
Yo`q ism, yo`q xotira, faqat beparvo
Yetimlarcha dardlar.
Kimning aybi u, kimning aybi u? (tashlandiq)
Kimning gunohi, kimning gunohi u? (tashlandiq)
Kimning aybi u, kimning aybi u? (tashlandiq)
Kimning gunohi, kimning gunohi u? (tashlandiq)
Tashlandiq, aha, aha,
Tashlandiq, oho, oho,
Tashlandiq, ehe, ehe,
Tashlandiq, tashlandiq!
Tashlandiq!
U ko`rdi hayotni, ammo ko`rmadi ota-ona mehrini,
Tengdoshlariga qarab orzu-havas.
Dardi ichida, hech kimga ko`rsatmas,
Na sevgi, na sog`inch, na mehr,
Bu hayotda nima qilsam ekan man?
Na sevgi, na sog`inch, na mehr,
Umrim zulmat bo`lib o`tib ketar ekan man.
Yuragi tosh, qat’iyan hamma narsaga berar bardosh,
Bo`yin egmas hech kimga, maqsad qo`ysa, dam hammaga.
Bil, bu bolaning fe’li o`zgacha,
Shamol kabi esadi bu yonga u yonga,
Qaysi savol qiynar ekan uni?
A, bunga faqat bitta javob,
O`sha ham bo`lsa – nega hayot bunaqa harob?
Darbadar bo`ldi, ochlikka-yu tashnalikka chidadi,
Kim uchun, nima uchun, qaysi gunohlari uchun?
A, o`lim ko`ziga tik qaradi, olg`a bordi,
Endi hech qaytmas orqaga.
Kimning aybi u, kimning aybi u? (tashlandiq)
Kimning gunohi, kimning gunohi u? (tashlandiq)
Kimning aybi u, kimning aybi u? (tashlandiq)
Kimning gunohi, kimning gunohi u? (tashlandiq)
Tashlandiq, aha, aha,
Tashlandiq, oho, oho,
Tashlandiq, ehe, ehe,
Tashlandiq, tashlandiq!
Kimning aybi u, kimning aybi u?
Kimning gunohi, kimning gunohi u?

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари:
Комментарии 1