Bugun yana barcha kollej qizlariga
Sovg`a qilib bitta qo`shiq aytib beraman.
Aytilmagan kollejlarni bu safar aytib,
Alohida tabriklayman, va’da beraman.
O`n olti-yu Ped-kollejni rosa maqtadim,
“Barovskiy” med kollejni rosa maqtadim.
Har bir kollej qizlariga bugun sovg`a deb,
Kayfiyat ko`taradigan qo`shiq kuyladim.
Hammaga salom… {x2}
Hamma yozgan qo`shiqlarim sizlar uchun,
Chunki yuragimga qadrlisiz.
Bir narsani singillarim, aniq bilaman,
O`zbegimning go`zallari, chiroylisiz.
Sevib-sevilishga hali ulgurasiz,
Bilim oling, sevgi degan tuyg`ularsiz.
Barcha kollej qizlariga maslahatim:
O`qimasangiz, bir kuni qiynalasiz.
Hammaga salom… {x2}
Kimdirlarning qovog`idan qor yog`adi,
Kimdirlarga bu so`zlarim ham yoqadi.
Maqtaganim sari erkalanib ketmang,
O`qish kerak, singillarim buni unutmang!
Formalaringiz yarashibdi o`zingizga,
Ko`z tegmasin kulib turgan yuzingizga.
Hamma kollej qizlariga faqat omad,
Bo`lib yuring singillarim, sog`-salomat.
Hammaga salom… {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: