Mango guruhi - Yor-yor

Yor-yor, yuragimda bahor,
Zabonda izhor bor – seni sevaman.
Yor-yor, yetadi shuncha ozor,
Mening bir sirim bor – seni sevaman, yey-yey-yey.

Yig`latsa yig`latsin Egam,
Seni deb oxiri men yig`lamay,
Tinglagin, so`zlayman jiddiydan jiddiyroq.
Likir-likir, bor edi neg`am?
Holatimga bir nazar solmay,
Tilasan bag`rimni, senga shul ma’qulroq.

Kel, yonma-yon tur,
Savlat-u bo`y tutgan ko`rkaming bo`lay.
Yor, men bilan yur,
Tilaklaringni bajo aylaganing bo`lay.

Yor-yor, yuragimda bahor,
Zabonda izhor bor – seni sevaman.
Yor-yor, yetadi shuncha ozor,
Mening bir sirim bor – seni sevaman, yey-yey-yey.

Kuydirma, va’dani berma,
Berganingda ham amalda ko`rsat,
Men sodda har safar umidimni uzmay.
Ha mayli, debon yuragim yorma,
Ota-onangdan bo`lganida ruxsat,
Seni onajonimga kelin qilaman dodingga qaramay!
Voy, ajab bo`libdi!

Kel, yonma-yon tur,
Savlat-u bo`y tutgan ko`rkaming bo`lay.
Yor, men bilan yur,
Tilaklaringni bajo aylaganing bo`lay.

Yor-yor, yuragimda bahor,
Zabonda izhor bor – seni sevaman.
Yor-yor, yetadi shuncha ozor,
Mening bir sirim bor – seni sevaman, yey-yey-yey.

Baxshi bo`lsang bo`lodi,
Qo`shiq aytsang bo`lodi,
Yor kuyida ado bo`lsang,
Qo`shiq tamom bo`lodi. (x2)

Yor-yor, yuragimda bahor,
Zabonda izhor bor – seni sevaman.
Yor-yor, yetadi shuncha ozor,
Mening bir sirim bor – seni sevaman, yey-yey-yey.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yor-yor
Gulsanam Mamazoitova - Ajab-ajab
Yulduz Usmonova - Yonma-yon
Dildora Niyozova - Kelin
Alisher Fayz - Voy-voy


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты