Umidaxon - So’rama

So`rama, ahvoling ne,
Ne bilan yashayabsan,
Deb mendan boshqa qiziqma, so`rama.
So`rama, mana qancha o`tdi vaqt,
Tuzatdi, deb yuzimdan kulgu izlama,
So`rama.

Unda ne uchun sensizman?
Unda ne uchun baxtsizman?
So`rama, so`rama! (x2)

So`rama, do`stmisan, dushmanmisan,
Ustimdan kulgandek savollaring berma,
Kerakmas.
So`rama, sen kuchli, irodali,
Hammasiga erishgansanku, deb aytma,
Kerakmas.

Sen so`rama, sen go`zalku, omadliku,
Yana nima yetishmas, deb so`rama,
So`rama.

Unda ne uchun sensizman?
Unda ne uchun baxtsizman?
So`rama, so`rama! (x2)

So`rama – “qalaysan, yaxshimisan”,
Bilib turib bergan savolingni qara,
So`rama.
Ha men zo`rman, hammasi zo`r,
Faqat birga baxtli bo`lamiz,
Ishongin deganlaring, ishongandim.

Unda ne uchun sensizman?
Unda ne uchun baxtsizman?
So`rama, so`rama! (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Mirjamol, Ziyoda - O’rgilay o’zim
Shaxriyor - Rasvo
Rayhon - Izlama
Sarvar va Komil - Ortingga qara
UZmir - Sani unutdim-a


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты