Koinot qanchalik ulkan bo‘lsa, undagi sirlar ham shunchalik ko‘p. Ilm-fan va falsafa doim insoniyatning koinotda yolg‘iz yoki yolg‘iz emasligi haqidagi savolga javob izlab kelgan. Hozirgi kungacha aniq dalillar topilmagan bo‘lsa-da, olimlarning bir necha taxminlari bor.
Italiyalik fizik Enriko Fermi koinotdagi millionlab yulduzlar va sayyoralar orasida hayot bo‘lishi kerakligi haqida savol qo‘ygan. Agar hayot bor bo‘lsa, nega biz hali boshqa sivilizatsiyalar bilan aloqa o‘rnata olmadik? Bunga bir necha ehtimoliy javoblar bor:
Olimlar hayot faqat biz bilgan shaklda – suv, uglerod va kislorod asosida bo‘lishi kerak deb o‘ylashadi. Lekin koinotda hayot boshqa asosda ham rivojlangan bo‘lishi mumkin, masalan, silikon yoki metan muhitida yashaydigan mavjudotlar bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Ba’zi fiziklar va falsafachilar "Simulyatsiya nazariyasi" haqida gapirishadi. Unga ko‘ra, butun borliq bizdan rivojlangan sivilizatsiya tomonidan yaratilgan kompyuter simulyatsiyasi bo‘lishi mumkin. Agar bu nazariya to‘g‘ri bo‘lsa, biz hech qachon haqiqiy koinotni va undagi boshqa mavjudotlarni ko‘ra olmaymiz.
Hatto agar boshqa sayyoralarda hayot mavjud bo‘lsa ham, biz ularga yetib borish yoki ularning signallarini qabul qilish uchun minglab yillar kerak bo‘lishi mumkin. Masalan, eng yaqin yulduz tizimi Proxima Centauri taxminan 4.24 yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan.
Islomiy qarashlarga ko‘ra, koinot faqat insoniyat uchungina yaratilmagan bo‘lishi mumkin. Qur’onda Alloh osmonlar va yerdagi mavjudotlar haqida ko‘p bor ta’kidlab o‘tadi. Ayrim ulamolar bu oyatlarni Yerdan tashqaridagi hayot mavjud bo‘lishi ehtimolini tasdiqlovchi ishora sifatida qabul qilishadi.
Biz koinotda yolg‘izmizmi yoki yo‘qmi – bu hali javobi topilmagan jumboq. Ilm-fan rivojlanishi bilan yangi kashfiyotlar bu savolga javob berishi mumkin. Hozircha esa insoniyat koinotning sirlarini o‘rganishda davom etmoqda. Balki kelajakda biz haqiqatan ham boshqa sayyoralar aholisi bilan aloqa o‘rnatish baxtiga muyassar bo‘larimiz?!