Umidaxon - Soqinomai savti kalon

Keltursa yuz baloni o`shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.

Netgaymen ul rafiq bilakim, qilur base,
Mehr-u vafo raqibg`a, jabr-u jafo manga.
Begona bo`lsa aql meni telbadin, ne tong,
Chun bo`ldi ul parisifatim oshno manga.

Keltursa yuz baloni o`shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.

Dardim ko`rub, muolajada zoya etma umr
Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.
To yor kimni istar-u ko`nglima kim yoqar,
Tashvishi bejihat erur oxir sanga, manga.

Keltursa yuz baloni o`shal bevafo manga,
Kelsun agar yuzumni bursam balo manga. (x2)
Ey, balo manga.

Bobur, bo`lub turur ikki ko`zum yo`lida to`rt,
Kelsa ne bo`ldi qoshima bir-bir manga, manga.

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Madina Mumtoz - Soqenoma
Anvar G'aniyev - Ko’ngil ko’chalari
Leyla - Yor-yor
Sherali Jo'rayev - Tashvishi sultondadur
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты