Anvar G'aniyev - Ko’ngil ko’chalari

Kengsan o`n sakkiz ming olam,
Torsan igna ko`zidan ham,
Goho og`u , goho malham
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Goho og`u , goho malham
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Charaqlagan kun ham o`zing,
Zim-zimiston tun ham o`zing,
Gul ham o`zing, xun ham o`zing,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Gul ham o`zing, xun ham o`zing,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Raftoring-u, fe’ling turfa,
Eling-u, noeling turfa,
Ko`ngilsan-u, diling turfa,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Ko`ngilsan-u, diling turfa,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Hayot – abad, umr – soat,
Qahr mo`ldir, mehr qahat.
Unutmagin shuni faqat,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Unutmagin shuni faqat,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Ko`chalaring bisyor, bisyor,
Biri obod, biri abgor,
Biri kengdir, birisi tor,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Qulingdirman, izmingdaman,
Izmingdaman, tizgindaman,
Yaxshi ko`y top yuz ming qadar,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim.

Yaxshi ko`y top yuz ming qadar,
Ko`nglima, ko`nglima, ko`nglim. {x4}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Tohir Mahkamov - O’ldir
Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
InTim - O’ldir mani
Sherali Jo'rayev - Oshiq bo’ling
Sardor Mamadaliyev - Umr


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты