Yulduz Usmonova - Achom-achom

Do`stmisiz yo g`animmisiz?
To`kinim yo kamimmisiz?
O`chmay o`chgan shamimmisiz?
Kimligingiz bilolmadim.

Otash bo`lsam, jim turasiz,
Ko`z yosh to`ksam, nim kulasiz.
Qanday baloni bilasiz?
Kimligingiz bilolmadim.

Qo`l uzatsam, band qo`lingiz,
Sog` turib dardman qo`lingiz.
Yo asli kaman qo`lingiz,
Kimligiingiz bilolmadim.

Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o`pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz. (x2)

Tulkimiz, arslonmisiz?
Maymunmisiz, insonmisiz?
Yo qasdi balo jonmisiz?
Kimligingiz bilolmadim.

Men-ku bir gunohkori jon,
Dunyo savdosiga hayron.
Qo`ynimda ohumi, ilon?
Kimligingiz bilolmadim.

Yelsam, yugursam-da jimsiz,
Nurab yiqilsam-da jimsiz,
Tanho to`kilsam-da jimsiz,
Kimligingiz bilolmadim.

Achom-achom qilasiz,
Yuzlarimdan o`pasiz,
Sevib turib, goh-gohida
Xiyonat ham qilasiz. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Surxon guruhi - Nima qilasiz
Sultonposhsha O’dayeva - Oq ilon
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Aziz Rajabiy - Jim-jim
Yulduz Usmonova - Jim dunyo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты