Sultonposhsha O’dayeva - Oq ilon

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku, meni yomon, deding,
Yaxshini topganing qani? (x2)

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
To`ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma. (x2)

Ana uning tili uzun,
Mening dilim uzundir.
Ana uning qo`li uzun,
Mening yo`lim uzundir.

Uzun-uzun ishonchlarim
Jon joyidan uzildi.
Yuraktagi ishonch uyi
Tiklanmasdan buzildi. (x2)

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
To`ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma. (x2)

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
Tishingdagi zaharmi?
Qon yig`ladim, men ko`p yomon,
Kuldirganing saharmi? (x2)

Eshiklarni yig`lab yopdim,
Eshigingni yopgin, yor.
Men-ku, seni sevib topdim,
Sen Xudodan topgin, yor. (x2)

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
Oydinda yotganing qani?
Sen-ku, meni yomon, deding,
Yaxshini topganing qani?

Hoy, oq ilon, oppoq ilon,
To`ningni tashlab ketma.
Olib-olib, menga yomon
Kuningni tashlab ketma. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shermuhammadga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Sevara - Ana-ana
Erkin Xudoyqulov - To’ying kuni
Xurshid Rasulov - Do’st
Ozodbek Nazarbekov - Sevdim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты