Mavluda Asalxo'jayeva - Bahor

Dillar quvonchga to`ladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Ko`zlar quvonchdan kuladi yana,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Qaldirg`och samoda qanotin yozar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.
Maysalar ko`klarga bo`ylarin cho`zar,
Sen kelsang bahorim, sen kelsang.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)

Dehqonlar sog`inib to`rt bo`ldi ko`zi,
Quvonchidan yonar mushtoq ul ko`zi.
Qalblarni bog`lovchi sevgi faslisan,
Sevgimga sabab ham bo`lgan aslisan.

Fasllar ichida erkamsan bahor,
Guldan ayvon qurgan ertamsan bahor.
Dillarni to`ldirib shirin xayolga,
Xush kelding o`lkamga, munisam bahor. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Alisher Fayz - Qaldirg’och
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Manzura, Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynona
Ozodbek Nazarbekov - Qaldirg’och
Manzura, Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynonajon qaynona


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты