Jahongir Otajonov - Qaldirg’och

Qanotlari qora bahmal qaldirg`och,
Ko`zi yoqut kabi yal-yal qaldirg`och,

Derazamni ochib qo`ydim men senga,
Kiraqolgin qilmay mahtal, qaldirg`och. (x2)

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Qanotlari qora bahmal.
Qaldirg`och, qaldirg`och,
Ko`zi yoqut kabi yal-yal. (x2)

Sen ko`klamning elchisisan, bahorsan,
Tomchi kabi beg`uborsan, nahorsan.

Jajjigina vujudingda zo`r kuch bor,
Ko`zi o`tkir, didi nozik me’morsan. (x2)

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Qanotlari qora bahmal.
Qaldirg`och, qaldirg`och,
Ko`zi yoqut kabi yal-yal. (x2)

Olis-olis uchsang yetar qanoting,
Uzoqlarga uchsang yetar saboting,
Qisqami yo uzunmikan, bilmadim,
Lekin bizga ibratlidir hayoting.

Qaldirg`och, qaldirg`och,
Qanotlari qora bahmal.
Qaldirg`och, qaldirg`och,
Ko`zi yoqut kabi yal-yal. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Nozik
Ali Otajonov, Ortiq Otajonov - Xiva (Yosh pari)
O'ktam Kamolov - Ovchilar
Kaniza - Malina
Yulduz Turdieva - Ona men keldim degin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты