[Shaxriyor]
Agar sevgi gunoh bo`lsa,
Demak menda gunoh bor.
Bu gunohdan xabardor
Yana bitta guvoh bor.
U sirimni aytmaydi
O`zgaga ochiq oshkor
Chunki uning o`zi ham
Xuddi mendek gunohkor.
Gar ko`nglimni qo`lingga tutsam,
Qalb-qo`ringga joylay olasanmi?
Chin sevgimni senga atasam,
Sen vafodor bo`la olasanmi?
Mehr ila yuzingga boqsam,
Bir jilmayib qo`ya olasanmi?
Gar o`zgalar senga qosh qoqsa,
Sevganim bor deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?
[Shaxriyor]
Sevganim bor deya olasanmi?
Gar quvonchdan to`kilsa yoshim,
Sen men uchun kula olasanmi?
Yo g`amimdan egilsa boshim,
Darddosh bo`lib yig`lay olasanmi?
Hayot yo`lim chigalga to`lsa,
To`g`ri yo`lga boshlay olasanmi?
Yo hayotda egilib qolsam,
Suyanganim bo`la olasanmi?
Azoblardan ko`zim yoshlansa,
Kelib yoshim arta olasanmi?
Xafa bo`lma, men bormanku deb,
Dilga dalda bera olasanmi?
O`zgalardan seni qizg`onsam,
Bundan quvnab kula olasanmi?
Aytgin, kimni sevasan desam,
Faqat seni, deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?
[Shaxriyor]
Sevganim bor deya olasanmi?
Faqat seni, deya olasanmi?
[Renat Sobirov]
Jonim ayt, borim ayt,
Sen men-la baxtlimisan?
Yorim ayt, borim ayt,
Sen birga baxtlimisan?
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: