Doniyor Fayz - Vafodor

Shoxin egib anhor suviga
Majnuntollar ma’yus tebranar,
Shivirlashib bir-birlariga
Ikkimizni eslashar ular.

Shivirlashib bir-birlariga
Ikkimizni eslashar ular.

Ammo bugun sen yiroqdasan,
Hazon o’par bosgan izingni.
Yuragimni qiynamoqdasan,
Sog’inaman go’zal ko’zingni.

Vafodor, vafodor,
Mendan yiroq ketma, vafodor.
Vafodor, vafodor,
Mendan yiroq ketma, vafodor.

Tong chog’ida essa shamollar,
Sen haqingda xabar so’rayman.
Keltirgan deb sendan sadolar
Uchgan qushlar tomon qarayman.

Keltirgan deb sendan sadolar
Uchgan qushlar tomon qarayman.

Ammo bugun sen yiroqdasan,
Hazon o’par bosgan izingni.
Yuragimni qiynamoqdasan,
Sog’inaman go’zal ko’zingni.

Vafodor, vafodor,
Mendan yiroq ketma, vafodor.
Vafodor, vafodor,
Mendan yiroq ketma, vafodor.

Mendan yiroq ketib, ey yor,
Sog’inchlarni o’tkazding jondan.
Ahvolimni, ahvolimni anglamas hech kim,
Meni faqat sen tushunsang bas. {x2}

Mendan yiroq ketib, ey yor,
Sog’inchlarni o’tkazding jondan.
Hijronlarni bas etgin, {x2} dildor,
Seni Olloh yetkazsin menga. {x3}

Ammo bugun sen yiroqdasan,
Hazon o’par bosgan izingni.
Yuragimni qiynamoqdasan,
Sog’inaman go’zal ko’zingni.

Vafodor, vafodor,
Mendan yiroq ketma, vafodor. (x3)
Vafodor, vafodor,
Bag’rim yoqib ketma, vafodor.

Ushbu qo’shiq matni uchun Bahrom Muhiddinovga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Yodgor Mirzajonov - Shamollar
Lola - Xabar ol
Gulsanam Mamazoitova - Xabar kelmas
Budur - Sog’inaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты