Bahor kelganda ochilar
O`sha sen sevgan lolalar,
Sen-la meni uchrashtirgan
Chiroyli qizil lolalar.
Qo`lga oldim qog`oz-qalam,
Maktubim yosh to`la alam.
Sen o`zgaga yor bo`libsan,
Bu maktublarni yirtaman.
Lolalar mening dardim biladi,
Lolalar ko`z yoshlarim artadi,
Lolalar sirdoshlarim bo`ladi,
Seni qanchalar sevganimni
Faqat ular biladi.
Lolalar mening dardim biladi,
Lolalar ko`z yoshlarim artadi,
Lolalar sirdoshlarim bo`ladi,
Lolalar…
Bugun sendan olislarda
Orzularimni ko`mganman,
Senga yozgan maktublarda
Armon qasrini qurganman.
Bahorda lolalar go`zal,
Orzu bilan yashash go`zal.
Bugun men seni yo`qotdim,
Menga sensiz o`lim afzal.
Lolalar mening dardim biladi,
Lolalar ko`z yoshlarim artadi,
Lolalar sirdoshlarim bo`ladi,
Seni qanchalar sevganimni
Faqat ular biladi.
Lolalar mening dardim biladi,
Lolalar ko`z yoshlarim artadi,
Lolalar sirdoshlarim bo`ladi,
Lolalar… (x1+x1)
Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: