Mustafo - Sevgisi qursin

Uzoqlardan uzoqlarda bo`lsa ham,
Bormi ayting man izlagan muhabbat?
Shamollarga jilva taqib bo`lsa ham,
Uchgan bo`lardim u tomon shu muxlat.

Malakda ham, falakda ham yo`q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo`q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo`larmi, ayting ishq degan?

Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o`lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o`zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.

Gar men sevsam, olov bo`lib sevaman,
Ishq o`tiga qalov bo`lib sevaman. (x2)
Ayting o`tli ishq ko`zlagan qizlarga,
O`zga sig`mas bedov bo`lib sevaman.

Malakda ham, falakda ham yo`q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo`q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo`larmi, ayting ishq degan?

Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o`lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o`zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.

Vaqti keldi sevib, sevilmoqlikning,
Sevgilim yo sevgim deyilmoqlikning. (x2)
Ayting menga, ishqda nima kamim bor?
Yo biror yo`li bormi sevilmoqlikning?

Malakda ham, falakda ham yo`q ekan,
Eng musaffo yurakda ham yo`q ekan.
Topolmadim, topolmaymanmi endi,
Shunchalik bo`larmi, ayting ishq degan?

Kimdir “sevma, sevgisi qursin” deydi,
Kimdir “sevma, sevgisi o`lsin” deydi,
Yana kimdir nimalar der o`zicha,
Kimdir “sevgan qaddini ursin” deydi.



Бошка кушик матнлари:


Jasurbek Jabborov - Kim nima der
Nelly Furtado - Más
Bojalar guruhi - Bidirlama
Safiya Saftarova - Sevgilim
Ozodbek Nazarbekov - Ey dilbarki


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты