Alisher Fayz - Kelyapti

Men seni topmasam jahon ichinda,
O`tgan yo kelajak zamon ichinda,
Charx urib shu cheksiz makon ichinda,
Seni bulutlardan so`rgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Seni bulutlardan so`rgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Ehtimol, shamollar seni ko`rgandir,
Yana ko`rmoq bo`lib izlab yurgandir, (x2)
Vodiylar ichinda chaqmoq urgandir,
Shamollar ortidan borgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Shamollar ortidan borgim kelyapti,
Yuzingni bir bora ko`rgim kelyapti.

Bag`rimda gul emas, gurillar gulxan,
Gulshan yo gulxanlar ichindadursan.
Dunyoning sahar yo kechindadursan,
Oyog`im yetgancha yurgim kelyapti,
Yuzingni bir-bora ko`rgim kelyapti.

Yetolmay yiqilsam, izlab topsalar,
Yuzimni oq parda bilan yopsalar,
Qabriston tomonga olib chopsalar,
So`nggi kun soyangda turgim kelyapti,
To abad men seni ko`rgim kelyapti.

So`nggi kun soyangda turgim kelyapti,
To abad men seni ko`rgim kelyapti.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ruhshona - Kabutar
Ozodbek Nazarbekov - Chaqmoq chaqar
Abdurashid Yo'ldoshev - Nozlari
Yodgor Mirzajonov - Shamollar
Alisher Fayz, Xurshid Turdiev - Zo’r TV


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты