Botir Qodirov - Tinglarmiding ayt

Qaniydi dunyoni unutib bir dam,
Men o`sha bahorning bag`riga qaytsam, (x2)
Yuzingdan ketmagan bo`lsa-yu araz,
Ko`zingga termulib, dardimni aytsam: (x2)

Tinglarmiding ayt, tinglarmiding ayt?
Tinglarmiding ayt, o-o-o.
Tinglarmiding ayt, ayt,
Tinglarmiding ayt?

Tinglasang, tushunib g`ururing so`nsa,
Ko`zlaring yoshini artib tinmasam, (x2)
Armon armonligin tuygan bo`larsan,
Men seni bag`rimga bosib yig`lasam: (x2)

Yig`larmiding ayt, yig`larmiding ayt?
Yig`larmiding ayt, o-o-o.
Yig`larmiding ayt, ayt,
Yig`larmiding ayt?

Yig`lasang, men sizni sevardim desang,
Ko`ksimda qaytadan uyg`onsa tilak.
Shirin titroqlarga berolmay bardosh,
Sevinchdan yorilib ketganda yurak:

Chidarmiding ayt, chidarmiding ayt?
Chidarmiding ayt, o-o-o.
Chidarmiding ayt, ayt,
Chidarmiding ayt?

Qaniydi dunyoni unutib bir dam,
Men o`sha bahorning bag`riga qaytsam… (x2)

Tinglarmiding ayt, tinglarmiding ayt?
Tinglarmiding ayt, o-o-o.
Tinglarmiding ayt, ayt,
Tinglarmiding ayt, o-o?
Tinglarmiding ayt?



Бошка кушик матнлари:


Islomjon Ergashev - Sevardim
Farruh Komilov - Qaniydi
Davron Ergashev, Shahnoz - Qaniydi
Mansurxon Nurmatov - Qaniydi
Botir Qodirov, Munisa Rizayeva - Dema-dema


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты