Sherali Jo'rayev - Yetolmay qomatim

Yetolmay qomatim yor, necha oykim hilolingga,
Qaro ko`z mardumi yig`lab, tikilmoq birla xolingga.
Qachon ul totli kun kelgay, yetarman lahza bolingga,
Qachon bo`lg`ay musharraf, bo`lg`amen jono jamolingga,
Qutulg`aymen firoqingdan, yetishgayman visolingga. {x2}

Qaro bo`ldi ne tongkim ro`zg`orim ul qaro ko`zdan,
Qaro o`q otdi kipriklar, ko`ngulda yora ul ko`zdan.
O`zim sobitman, ishqida sayyora, ul qaro ko`zdan,
Ko`z ochqil boqqalikim bo`lmishman bechora ul ko`zdan,
Lab ochg`il so`rg`alikim, tashna bo`lmishman zilolingga. {x2}

Salomim yetkur, ey xurshid, nigorim ko`yidan o`tsang, {x2}
Bo`l ogohkim, ajab ermas ani ko`rgach kuyib ketsang,
Bo`l ogohkim, ani ko`rgach, yuzin ko`rgach kuyib ketsang.

Asiri bandi zulfingman, demam Erkin ozodkim,
Kuyibman dog`u joningdan, emasman tarki bedoding.
Mani band et, manga jabr et, hayotim mayli barbod et,
Umidim borki Boburdan, yetishg`ayman visolingga. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Gulsanam Mamazoitova - Kelgay
Botir Qodirov - Ajab ermas
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Jahongir Otajonov - Mayli


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты