Yalla ansambli - Shama keladi choydan

Qirlarga to`ldi doring,
Ko`tarildi g`uboring,
Unda ko`rk yoyib turar
Akang bergan ro`moling.

Dilim sen tufayli shod,
Sevaman misli Farhod.
Xumor, xumor, xumorman
Qilsang, qilmasang faryod.

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Izlab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?

Gul-gul yongan gulmisiz,
Ayting, buncha shirinsiz?
Yomon ko`zdan asrasin
Oy yuzli qirmizimsiz.

Gul-gul yongan gulmisiz,
Ayting, buncha shirinsiz-ey?

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Izlab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?

Bulbul sayragan chog`da,
Chaman-chaman gulzorda,
Bergan va’dalaringni
Eslagin yor shu chog`da. (x2)

Shama keladi choydan,
Choy ichsam, qaysi joydan?
Izlab boraman degan
So`zlaring qoldi qayda?



Бошка кушик матнлари:


Oyxon Iforzoda - Shama keladi choydan
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Mango guruhi - Maysara
Muzaffar Mirzarahimov - Eslagin
Bojalar guruhi, Ziyoda - Popuri


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты