Men tanlagan pari qiz
Nozlarini qo`ymaydi.
Muruvvatdan nari qiz,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Erka o`sgan biroq u,
Dilni bosar g`am-qayg`u.
Juda suluv sanam u,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Qo`lda uzuk pari u,
Ko`zi suzuk pari u,
O`zi tuzuk pari u,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Qachon baxtim kuladi?
Kelsa bag`rim to`ladi. (x2)
Nima qilsam bo`ladi?
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Qo`lda uzuk pari u,
Ko`zi suzuk pari u,
O`zi tuzuk pari u,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Faqat uni o`ylayman,
Panalardan bo`ylayman, (x2)
Sevmaganga qo`ymayman,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Qachon baxtim kuladi?
Kelsa bag`rim to`ladi. (x2)
Nima qilsam bo`ladi?
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Qo`lda uzuk pari u,
Ko`zi suzuk pari u,
O`zi tuzuk pari u,
Shafqat nima bilmaydi. (x2)
Shafqat nima bilmaydi…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: