Sanobar Rahmonova - O’zingizni ehtiyot qiling

Azizlarim, mehribonlarim,
Do`stu yoron, qadrdonlarim, (x2)
Joningizga kuyar jonlarim,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Tiriklik deb cho`kkan otalar,
Ro`zg`orim deb shoshgan onalar, (x2)
Joningizga kuymas bolalar,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Do`st tomonga talpining har dam,
Ko`ring quvonch-tashvishni baham, (x2)
Odam taftin oladi odam,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

G`am kelganda kuyunib ketmang,
Baxt kelganda suyunib ketmang, (x2)
Sokin yashang, osuda yashang,
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

Shukur do`stlar, boringiz uchun,
Farzand, jigar, yoringiz uchun, (x2)
Mendek xaridoringiz uchun
O`zingizni ehtiyot qiling. (x2)

O`zingizni ehtiyot qiling,
Ey, o`zingizni ehtiyot qiling.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Shukur
Ilhom Farmonov - Yashang
Tohir Sodiqov - Bolalar
O'ktam Kamolov - Toshkentlik bolalar
Enrique Iglesias - Ring My Bells


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты