Shahzoda - Uch balodan saqlasin

Uch balodan saqlasin:
Charxi-balokash bo`lmasin,
Do`st mehrsiz, dardsiz ulfat,
Yor jafokash bo`lmasin.

Dil agar payvand erursa,
Ne jafo chekmak biroq?
Hech ko`ngil sevgan ko`ngil
Yonida yakkash bo`lmasin.

Ho-o-o, ho-o-o, hou, hou… {x2}

Neki dard bor, neki kulfat
Bu jahonning kunjida.
Men bo`lay yuz ming giriftor,
Lek maxfa’ash bo`lmasin.

Men yonib, qalbimni tutdim,
Senga kaft uzra qo`yib.
Ol uni, o`ynat va lekin
O`tga tashlash bo`lmasin.

Ho-o-o, ho-o-o, hou, hou… {x2+x2}



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Uch balodan asrasin
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Shahzoda, Shohruhxon - Kel
Shahzoda - Assalomu alaykum
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты