Sherali Jo'rayev - Dunyoni qizg’onma

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Men sening ko`changdan-a o`tmasman zinhor.
Bu olamda mening ham o`z aytar so`zim
Va o`zim sig`inar azizlarim bor.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Sen ichgan buloqdan ichmasman aslo.
Sen yurgan tog`larda qolmagay izim,
Sen kechgan daryodan kechmasman aslo.

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim,
Qalbingni bosmasin shubha va so`roq,
Men boshqa manzilga tikkanman ko`zim,
U sening kulbangdan juda ham yiroq. (x2)

Dunyoni qizg`onma mendan, azizim, azizim…



Бошка кушик матнлари:


Abduvali Rajabov - Sog’inar
Alisher Zokirov - Onam (2019)
Masrur Usmonov - Yodingdamu
Shahzoda - Sog’inar
Hosila Rahimova - O’zingni ehtiyot qil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты