Farrux Raimov - O’zgarib qolyapsanda

Xayollarim har damda
Bilsang, jonim, bir sanda.
Avvalgidek emassan,
O`zgarib qolyapsanda! (x2)

Avval unday emasding,
Kalta ko`ylak kiymasding, (x2)
Sochlaring bo`yamasding,
O`zgarib qolyapsanda! (x2)

Xayollarim har damda
Bilsang, jonim, bir sanda-ey.
Avvalgidek emassan,
O`zgarib qolyapsanda!

Goho ishqimdan nolib,
Goho rashkimdan nolib,
Sen meni xafa qilib-a,
O`zgarib qolyapsanda!

Gap gapirsam, burib lab,
Qolasanda arazlab-ey,
Ozib ketyapman o`ylab,
O`zgarib qolyapsanda!

Ozib ketyapman o`ylab,
O`zgarib qolyapsanda!

Xayollarim har damda
Bilsang, jonim, bir sanda-ey.
Avvalgidek emassan,
O`zgarib qolyapsanda!
Ey, o`zgarib qolyapsanda!

Dilimga g`ash to`lyapti,
Yomon g`ashim kelyapti,
Senga nima bo`lyapti-ya,
O`zgarib qolyapsanda?!

Choy uzatsang bor zarda,
Bergan va’dalar qayda?
Man ham o`zgarmay, qara,
O`zgarib qolyapsanda!

Man ham o`zgarmay, qara,
O`zgarib qolyapsanda!

Mayli borim ol, jonim,
Barin yo`lga sol, jonim,
Avvalgidek qol, jonim,
O`zgarib qolyapsanda!

Xayollarim har damda
Bilsang, jonim, bir sanda.
Avvalgidek emassan,
O`zgarib qolyapsanda! (x2)

Avvalgidek emassan,
O`zgarib qolyapsanda!



Бошка кушик матнлари:


Mango guruhi - Maysara
Munisa Rizayeva - Xafa-xafa
Ummon - Yo`qol
Davron Ergashev, Rayhon - Unday dema
Alisher Fayz - Kelyapti


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты