Yulduz Usmonova - Ayol oshiq bo’lsa gar

Erkak oshiq bo`lsa gar,
Guldan bo`sa oladi.
Ayol oshiq bo`lsa gar,
Yonar o`tda qoladi.

Erkak oshiq bo`lsa gar,
Arslon tonar izidan.
Ayol oshiq bo`lsa gar,
Yomg`ir yog`ar ko`zidan.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim,
Meni ayol etib yaratding.
Nima, nima, nima edi gunohlar –
Ishq yo`liga meni qaratding?

Mayli, mayli, shukr, Ollohim,
Bizni ayol etib yaratding.
Nima, nima, nima edi gunohlar –
Ishq yo`liga bizni qaratding?

Erkak oshiq bo`lsa gar,
Ayb sanalmas gunohi.
Ayol oshiq bo`lsa gar,
Topilmagay panohi.

Erkak oshiq bo`lsa gar,
Unga qadah tutarlar.
Ayol oshiq bo`lsa gar,
Begap tavba kutarlar.

Mayli, mayli, shukr, Ollohim,
Meni ayol etib yaratding.
Nima, nima, nima edi gunohlar –
Ishq yo`liga meni qaratding?
Mayli, mayli, shukr, Ollohim,
Bizni ayol etib yaratding.
Nima, nima, nima edi gunohlar –
Ishq yo`liga bizni qaratding? (x2)



Бошка кушик матнлари:


Shaxriyor - Tashlandiq
Mirzabek Xolmedov - Erkak
Shohjahon Jo'raev - Arslon
Osiyo guruhi - Yomg’ir
Yulduz Usmonova - Ayol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты