Yig`lab-yig`lab kelin bo`lgan armonginam,
Ota so`zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig`lamagin, men g`arib deb to`kma ko`z yosh,
Yurak bag`rim tig`lamagin, berolmas bardosh.
Ota-onang boyga seni sotdilarmi,
Zarga o`rab, boy dargohga otdilarmi?
Baxting sotib, huzur qilib yotdilarmi,
Ishqin oshkor etolmagan qurbonginam.
Yig`lab-yig`lab kelin bo`lgan armonginam,
Ota so`zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig`lamagin, men g`arib deb to`kma ko`z yosh,
Yurak bag`rim tig`lamagin, berolmas bardosh. (x2)
Oq libosing yarashibdi, qayrilma qosh,
Endi mening osmonimda so`ndi quyosh.
Ishqin zarga sotgan, narxi arzonginam,
Xayolida bir baxtli bo`lgan xayolginam.
Seni ko`rmoq endi menga sarob bo`ldi,
Yoring bo`lmoq orzularim xarob bo`ldi.
Oq niyatlar xayollarda sarob bo`ldi,
Seni sevmoq endi menga azob bo`ldi.
Yig`lab-yig`lab kelin bo`lgan armonginam,
Ota so`zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig`lamagin, men g`arib deb to`kma ko`z yosh,
Yurak bag`rim tig`lamagin, berolmas bardosh. (x2)
Agar o`lsam, tobutimga tikilmagin,
Joning qiynab, jonim, hech ham siqilmagin.
Bag`ring tig`lab, mendek, jonim, yiqilmagin,
Kuzgi xazon kabi bir kun to`kilmagin.
Yig`lab-yig`lab kelin bo`lgan armonginam,
Ota so`zin ustun bilgan qurbonginam.
Yig`lamagin, men g`arib deb to`kma ko`z yosh,
Yurak bag`rim tig`lamagin, berolmas bardosh. (x2)
Бошка кушик матнлари: