Rayhon - Axir

Axir bolganku senda omad,
Axir bolganku senda baxtlar.
Ular qaytar, bu begumon,
Ular faqat umidingdan umidvor.

Dunyo shunday yaralgandir azaldan,
Umr yo`li iborat oq qoradan.
Buni bilsa ham gohida insonlar,
Sinov kelsa, yorug` kunni unutar.

Nega faqat, nega doim o`ylayman,
Alamlarning changalida yonaman,
Deb shundayin qiynar inson o`zini,
Nega shunda unutar yaxshi kunni?

Axir bolganku senda omad,
Axir bolganku senda baxtlar.
Ular qaytar, bu begumon,
Ular hamon umidingdan umidvor. (x2)

Sen o`zingni har kun ko`rib oynada,
Unda yana o`z aksingni ko`rasan.
Ikkisi ham ne istaydi, bilasan,
Ikkisini axir sen boshqarasan.

Alamlaring – seva olasan degani,
Armonlaring – sen insonsan degani.
Taqdir zarbi – sen kuchlisan degani,
Azob, qayg’u – yashayabsan degani!

Axir bolganku senda omad,
Axir bolganku senda baxtlar.
Ular qaytar, bu begumon,
Ular hamon umidingdan umidvor. (x2+x2)



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Omad
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney
Isroil Saidumarov - Rayhon
Shahzoda - Umidvor
Alisher Fayz - Rayhon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты