G'iyos Boytoyev - Oltin arg’amchi

Gul faslida qalbga gulmas, ignalar to`ldi,
Qiynalganim ko`rib gullar qiynalar bo`ldi, (x2)
Turna emas, ko`klardagi oltin arg`amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi. (x2)

Yo`qsa nechun mening fasli bahorimda g`am?
Biz-ku odam, diydorlashur dashtda o`tlar ham. (x2)
Turna emas, ko`klardagi oltin arg`amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi. (x2)

Malhamingman, doim hamdam bo`laman derding,
Turna bo`lib har bahorda kelaman, derding,
Aytchi unda, nechun menga sevaman derding?
Turna bo`lib har bahorda kelaman, derding.

Turna emas, ko`klardagi oltin arg`amchi,
Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi. (x2)

Yo sen aldamchisan, yorim, yo men aldamchi…



Бошка кушик матнлари:


Dj Piligrim - Seni sevaman
Alisher Fayz - Janon
Bojalar guruhi - Lol bo’laman
Salom guruhi - Aldamchi
Bojalar guruhi - Sevaman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты