Salohiddin Azizboyev - Qoshlaringiz qaroligi

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu?
Yuzlaringiz sahroligi alamdanmu?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu?
Yo parimu yo farishta yoki g`ilmon?

Ayting, asli siz ham bani odamdanmu?
Yo parimu yo farishta yoki g`ilmon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan?

Ko`zingizga bir boqay deb oylab kutdim,
Navoiydan baytlar qo`shib, xatlar bitdim.
Tohirdayin sog`inchlardan fig`on etdim,
Siz Barchinmi yo Kumushmi yo Zuhrahon?

Tohirdayin sog`inchlardan fig`on etdim,
Siz Barchinmi yo Kumushmi yo Zuhrahon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan?

Qirq kokilmu yoki menga qirqta dormu?
Dilingizda zarrachalik shafqat bormu?
Yoki ro`zi maxshargacha menga yormu
Faqat sog`inch yoki qayg`u yoki armon?

Kelmasangiz qaro bo`lgay manga ochun,
Sahrolarga ketaymu yo misli Majnun?
Hofizdayin baxsh etaymu ko`rmoq uchun
Yo Samarqand yo Buxoro yo Andijon?

Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Yuzlaringiz safroligi alamdanmu, alamdan?
Qoshlaringiz qaroligi qalamdanmu, qalamdan?
Ayting, asli siz ham bani odamdanmu, odamdan? (x2)

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sharof Muqimov - Man shaydo
Tojibar Azizova - Intizor kutdim
Sobirjon Mo'minov - Suluv qiz
Amira Alibekova - Ikki sohillar
Dilmurod Sultonov - Anor 2


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты