Botir Qodirov - Senga nima bo’ldi

Yuragim to`xtovsiz urmoqda,
Tunim behuzur bo`lmoqda.
Xayolim bir nishon bermoqda,
Senga nimadir bo`ldimi?

Yomg`ir bo`lib yig`layapman,
Ko`ksim mushtlab tig`layapman,
Ne qilarim bilmayapman, yor. (x2)

Kunlarim o`tmay qoldi,
Tunlarim o`tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo`ldimi?

Ohlarim bir bayt, jonim,
Halovatga qayt, jonim.
Xastamisan, ayt, jonim,
Senga nimadir bo`ldimi?

Hijron qilmasin adovat,
Diydor ko`rsatsin sahovat,
Xudoga topshirdim seni omonat. (x2)

Kunlarim o`tmay qoldi,
Tunlarim o`tmay qoldi,
Bardoshim yetmay qoldi,
Senga nimadir bo`ldimi?

Ko`zyoshlaring bo`ldi art,
Yuqtirmayman biror gard.
Baxtga sodiq bitta mard –
Yonginangda men borman.



Бошка кушик матнлари:


Og'abek Sobirov - Baxtli bo’l qizim
Hamdam Sobirov - Qayt
Shahzoda, Shoxrux - Qayt
Maysara - Borman
Azizshox - Ayt ayt


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты