Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Qayg`ulardan, olislardan
Yurak mahzun yig`lar.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Sen bilanmas, yoningdamas,
Yuragim jim yig`lar.
Yana kunim o`sha kundan
Takrorlanaverar shunday,
Hamrohim dard, bu muhabbat,
Yana yolg`iz menday.
Go`yo ro`yoyimda tushman,
O`z-o`zimga notanishman.
G`ururimga taslim bo`lgan
Qalbimga men dushman.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Qayg`ulardan, olislardan
Yurak mahzun yig`lar.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Sen bilanmas, yoningdamas,
Yuragim jim yig`lar.
Yana ozroq kutsa bardosh
Tinsa edi dardli ko`zyosh,
Balki qaytar, balki aytar
Sababini menga.
Endi jimlik takror, biroq
Javobsiz sevgi yaqinroq,
Yolg`izlangan, yaralangan,
Bo`ldim uzoq sevgimdan.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Sen bilanmas, yoningdamas,
Yuragim jim yig`lar.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Qayg`ulardan, olislardan
Yurak mahzun yig`lar.
Eslab tun yig`lar,
Yig`lab kun eslar,
Sen bilanmas, yoningdamas,
Yuragim jim yig`lar.
Бошка кушик матнлари: