Bahrom Nazarov - Vatan

Mehrim bordir sahrolaring, har bir toshu har qoyangga,
Bosh egib ta’zim aylasam, har bir xas, bug`doy poyangga.
O`zga elni teng ko`rmasman bir qatra nur, bir soyangga,
Ayt, seni mendan ham ko`proq kim sevar, ey ona tuproq? {x2}

Bir oh ursam, bitta ohim yetdiku yetti falakka,
Bir kun yashasa-da, qarang, Vatan bordir kapalakka. (x2)
Ona tuproq, bir gardingni alishmam yetmish malakka,
Ayt, seni mendan ham ko`proq kim sevar, ey ona tuproq? {x2}

Bobodehqonim yuzlari otam bo`lib ko`ringaydir,
Har uchratgan munis ayol onam bo`lib ko`ringaydir.
Har bir o`zbek yuragi olam bo`lib ko`ringaydir,
Ayt, seni mendan ham ko`proq kim sevar, ey ona tuproq? {x2}

Biz kim bo`ldik, nazar etmay oddiy elning hayotini,
Dunyolarga tanitmasak Qoshg`ariyning avlodini?
Har lahzada yodda tutsak Navoiyning bayotini,
Ayt, seni bizdan ham ko`proq kim sevar, ey ona tuproq? {x2}

Kim sevar, ey ona tuproq?



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Ayol
Shuhrat Qayumov - Yolg’iz ayol
Shahrizoda guruhi - Ayol
Og'abek Sobirov - Onamga teng bo’la olmas
Alisher Zokirov - Onam (2019)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты