Bu tun yomg`ir yog`di dardlarini to`kib,
Unga sherik bo`lar bir go`zal yosh to`kib.
O`ziga o`zi savol beradi har tunda:
“Mening sevgan yorim hozir qayerlarda?”
Tasavvurida ko`rar uni xayol qilib,
Uning ko`zi ojiz bo`lgan bir bor ko`ngil berib.
O`zgaga aytolmaydi, dardi ichida,
Nafratga yo`li yo`q, hamon yigit qalbida.
Kuni kecha edi yigit bilan u baxtli,
Yigitning yolg`on so`zi go`yoki samimiy.
Qiz esa aqldan ozgancha sevadi uni,
Afsuski bilmasdi yigitning dardini.
Tundan tonggacha: – “Sevaman, allo”,
Qiz esa juda xursand, hatto o`zida yo`q.
Chunki qiz uni oldindan sevar edi,
O`zicha o`ylar: “baxtim qo`limda” edi.
Afsus ko`zlaridan to`kilar armonli yosh,
Uning yuragiga tushirmas nurin quyosh.
Lek yetib bo`lmaydi, (yetib bo`lmaydi)
Hamma orzularga, ortga qaytib bo`lmaydi, (qaytib bo`lmaydi)
Endi kech afsuslarga.
Qizni taklif qildi o`z tug`ilgan kuniga
Va katta pul so`radi mana shu uyiga.
Kech soat bir, ikki, qizni qo`yib yubormadi,
Qiz o`zida emasdi, qizig`i shunisi edi.
Maishatga berilgan qiz o`zida emas,
Yigit bilan qolib bu tun, endi qiz emas.
Tong otib qiz o`ziga ishonmasdi,
Tilla taqinchoq, puli o`zida emasdi. (o`zida emasdi)
Qizdan foydalangan yigit endi yo`q,
Uzoqqa bormadi kunlari o`tib qo`ng`iroq.
Yigit avtohalokatga uchragan ekan,
U bugun erta ko`zlaridan ayrilar ekan.
Qiz esa ahmoq oldiga shoshardi,
Doktorga yolvora ko`zidan kechardi.
Kunlar o`tib asta yigit o`ziga keldi,
Lek yigitning bulardan xabari yo`q edi.
Qiz esa xat tashlab ketgan edi yigitga,
Yigitni qiziqtirmadi u xat nega?
Ancha vaqtlar o`tdi, ko`zi tushdi xatga,
O`qiganda jiq-jiq yosh keladi ko`ziga.
Xatda esa shunday yozilgandi:
“Azizim, ikki ko`zlarim endi faqat siz bilan”.
Qizni bu sevgisidan yigitni ko`zida yosh,
Yigitning yuragi ham endi emas bardosh.
Afsus ko`zlaridan to`kilar armonli yosh,
Uning yuragiga tushirmas nurin quyosh.
Lek yetib bo`lmaydi, (yetib bo`lmaydi)
Hamma orzularga, ortga qaytib bo`lmaydi, (qaytib bo`lmaydi)
Endi kech afsuslarga. (Endi kech afsuslarga)
Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Бошка кушик матнлари: