Botir Qodirov - Onamdan keyin

Mahzun kunlar boshlandi
Onamdan keyin,
Ma’yus ko`zim yoshlandi
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Omad ko`zga ko`rinmas hech,
G`amdan o`zga ko`rinmas hech,
Yegan oshim shirinmas hech,
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Lazzat yo`q kuyda, sozda,
Faqat g`am bor ovozda.
Sovqotaman hatto yozda
Onamdan keyin.

Bo`ldim parishonxotir,
Har lahzada havotir.
Na bir do`st, na yor tatir,
Onamdan keyin.

Bir telba bo`lib qoldim
Onamdan keyin,
Bag`rimni yulib qoldim
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Baland edi bo`ylarim onam borida,
Rangli edi o`ylarim onam borida.
Fayzli edi uylarim onam borida,
Ha-a, qilolmadim to`ylarim onam borida.

Bo`lib qoldim toshbag`ir,
Bo`ldim bebosh, serjahl.
Shunday mehr topmadim oxir,
Onamdan keyin.

Yurak-bag`rim ezildi
Onamdan keyin,
Yolg`izligim sezildi
Onamdan keyin, onamdan keyin.

Onamdan keyin…



Бошка кушик матнлари:


Leyla - Yor-yor
Abror Azizov - Omad
Sogdiana - Yurak mahzun
Sherzod Bek - Yor-yor
Zohid - Yo’qsan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты