Abdurauf Olimov - Bu turfa gullar ayting

Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog`idanmu?
Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu? (2x)

Bosib bir dasta gulni
Bag`riga, keldi dilbar, (x2)
Gullardagi qizillik
Yolg`izlik dog`idanmu? (x2)

Ko`zimga bir jahondek
Ko`ringay yor chiroyli,
Ko`nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog`idanmu?

Ko`nglim bahor, bu holat
Sevgim ardog`idanmu?

Gohida kelmayin yor
Etganidan intizor, (x2)
O`ynar tanamga sig`may
Yurak, qiynog`idanmu? (x2)

Bu turfa gullar, ayting,
Muhabbat bog`idanmu?
Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu?

Buncha chiroyli, bo`yli,
Olmosli tog`idanmu?

Оlmosli tog`idanmu? {x5}



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Dilbar
G'ulomjon Yoqubov - Shirinim-shakarim
Islomjon Ergashev - Sevardim
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Ozodbek Nazarbekov - Sevdim o’shal gulni


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты