Ruhshona - Bilak uzuk

Chamanzorning gullaridan
Rang olganmi yal-yal atlas,
Egnimdagi baxmal nimcha
Tugmalari xuddi olmos.

Qo`limda ip-igna bilan
Kashta tikib o`tirarman,
Ko`zimni olmay yo`lidan
Yorginamni sog`inarman. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi. (x2)

Anorimning donasiday
Ziragimning yoqut ko`zi,
Bo`ynimdagi marjonimni
Olib bergan yorim o`zi.

Ariqdagi suvga qarab,
Qoshimga o`sma qo`yarman,
Ko`zimni olmay yo`lidan
Yorginamni sog`inarman. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi. (x2)

Bilak uzugim taqib olsam…
Zar do`ppimni kiyib olsam…

Bilak uzugim taqib olsam,
Oy nurida yaltiraydi,
Zar do`ppimni kiyib olsam,
Yorim o`zimga qaraydi.



Бошка кушик матнлари:


Dilshodbek Xoliqov, Ruhshona - Bilak uzugim
Jahongir Otajonov - Qaldirg’och
Kumush Razzoqova - O’zbek xalq termalaridan
Jasur Umirov - Vatan
Kumush Razzoqova - Popurri


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты