Sarvar va Komil - Navro’z

Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a,
Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a.
Raqs tushar yanga, hamma qo`shilsin ohangga,
Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

Jim-jimador nur bo`lib, qalblarga manzur bo`lib,
Gullar unibdi, qara, bahor kelibdi.
Atrof to`la lolalar, o`ynab-kular bolalar,
G`amlar so`nibdi, qara, Navro`z kelibdi.

Yurtimizda to`y bugun, yurtimiz xushro`y bugun,
Bayram muborak! Navro`z muborak!
Fasllar kelinchagi, shodliklar belanchagi,
Bahor muborak! Navro`z muborak!

Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a, (Na-na-na-na…)
Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a. (Na-na-nan, na-na-nan-na…)
Raqs tushar yanga, hamma qo`shilsin ohangga, (Na-na-na-na…)
Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

Hamma havasda bugun, dillar payvasta butun,
Sho`x soz yangrasin, dillar yayrasin.
Davralarni to`ldirib, shodlikka to`lib-to`lib,
Hamma o`ynasin, barcha quvnasin.

Bir, ikki, uch, qani hamma raqsga tush,
Yana o`ynasin parvona, bayram bo`lsin shohona.
Sho`x-sho`x tarona bo`lar, tonggacha shodiyona bo`lar,
Bum-bum yana bugun butun, o`yna, quvna, yayra bugun.

(O`yna, quvna, yayra bugun…)

Raqs tushar xola, davrani keng oling tog`a, (Na-na-na-na…)
Raqs tushar tog`a, davrani keng oling og`a. (Na-na-nan, na-na-nan-na…)
Raqs tushar yanga, hamma qo`shilsin ohangga, (Na-na-na-na…)
Raqs tushar amma, qani o`ynab-kulsin hamma, hamma.

Raqs tushar xola…

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahriyor Toshev (@shaxrickpro)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Sarvar va Komil - Raqs tushar
Yalla ansambli - Kelibdi
Tohir Sodiqov - Bolalar
Jo'rabek - Lolalar
Sarvar - Bugun bayram


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты