Habiba Oxunova - Sabo bilan

Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan,
Sabo bilan,
Ne sabokim, subhidamda yangragan navo bilan
Navo bilan.

Subhidamning iltifotiga etay shukronakim,
Tashna dilni hamdam etdi ko`zlari shahlo bilan,
Ko`zlari shahlo bilan.

O`rtada hijron edi, yor bir taraf, men bir taraf,
Toleyimkim yuz ko`rishtirdi meni shaydo bilan.

To tirikman bu hayotda, madh etay taqdirni men,
Etmish ul Fayziyni oshno sen kabi dono bilan,
Sen kabi dono bilan.

Dilrabo, qalbimga kirding tonggi ul sabo bilan,
Sabo bilan…



Бошка кушик матнлари:


Nuriddin Hamroqulov - Shirinliging, shakarliging
Sitora Farmonova - Habiba
Leyla - Yor-yor
Hilola Hamidova - Subhidamda
Munojot Yo'lchieva - Nihon etdi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты