Ulug'bek Rahmatullaev - Binafsha

Binafsha, go`zalsan bunchalar nechun?
Muhabbat solasan yurakka beun.
Saboda tebranib, shivirlab asta,
Mahliyo aylaysan dilni bir pasda.

Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,
Dunyoyim aylandi g`amga begona.
Hajringda o`rtandim men yona-yona,
Arzir senga qancha bo`lsam parvona.

Sen qalbim tubida ungan chechaksan,
Tinglab to`ymaguvchi shirin ertaksan.
Bahor bu olamga chiroy bo`lsa gar,
Sen uning ko`ksiga inja bezaksan.

Binafsha, ishqingda bo`ldim devona,
Dunyoyim aylandi g`amga begona.
Hajringda o`rtandim men yona-yona,
Arzir senga qancha bo`lsam parvona. (x1+x1)

Ushbu qo’shiq matni uchun Bayram O’serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Ilhom Farmonov - Binafsha
Abdurashid Yo'ldoshev - Ro’molda
O'lmas Olloberganov - Go’zalsan
Xo'ja guruhi - Bahor
Sayyora Qoziyeva - Binafsha


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты