Sayyora Qoziyeva - Binafsha

O’zi go’zal, o’zi go’zal,
Binafshajon, binafsha. {x2}

O’zing bahor gulisan,
Bahor kabi beg’ubor.
Chiroylisan shu qadar,
Ammo juda hokisor.

Bo’ylaringdan aylanay,
Hovlimdagi mehmonim.
Yozga yetmay so’narsan,
Kuzga bormas armonim.

O’zi go’zal, o’zi go’zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha.

O’zi go’zal, o’zi go’zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha.

Bo’ylaring past bo’lsa-da,
Har bir atring bo’lakcha.
Kuzga yetmay so’lsa-da,
Har bir qadring bo’lakcha.

Qancha bo’lma hokisor,
Ohing yetar falakka.
Shuning uchun yaqinsan
O’zing har bir yurakka.

O’zi go’zal, o’zi go’zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha.

O’zi go’zal, o’zi go’zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha.

(Binafshajon, binafsha… (x2))

O’zing go’zal gulimsan-u,
Gullar ichra so’limsan-u,
Tilsizgina sirdoshimsan,
Dildoshimsan yolg’izgina.

Qo’shiqdagi ohim kabi
Erkatoysan bog’imdagi,
O’zgacha bir bebaho,
Bog’imdagi tanho gulim. {x2}

O’zi go’zal, o’zi go’zal gulimsan-ey,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha.

O’zi go’zal, o’zi go’zal,
Binafshajon, binafsha.
Dilimga bilsang, yaqin
O’zingsan-ey, binafsha. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Ilhom Farmonov - Binafsha
Shahnozabonu - Mehringizdan aylanay
Bojalar guruhi - Sayyora
Ilhom Farmonov - Binafsha
Adham Soliyev, Ozoda Nursaidova - Mehmonim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты