Suv bo’yida binafsha
Bahor bilan uchrashdi,
Bo’yiga yetgan qizlarga
Yana sovchi ilashdi.
Binafshajon, binafsha,
Kokillaring haydarsan.
Menga loyiq qiz topsang,
Qulog’imga aytarsan. (x2)
Ayt, ayt, u qiz qani?
Binafshajon, binafsha.
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (x2)
Men g’aribga sovchilik
Sendan o’zga kim qilgay?
Guldan nozik qiz qalbin
Sen bilmasang, kim bilgay?
To’y qilamiz keng chaman,
Ariqlarning bo’yida.
O’zing o’ynab berarsan
Muhammadning to’yida. (x2)
Ayt, ayt, u qiz qani?
Binafshajon, binafsha.
Ayt, ayt, aytaqolgin,
Binafshajon, binafsha. (x2+x1+x2)
Бошка кушик матнлари: