Shahzoda - Yillar

Kechalar ortidan tong otar,
Bahorlar tugasa, kelar yozlar,
To`xtamasdan o`taverar bu yillar.
Gullarni shamollar uyg`otar,
Qaydadir chalinar go`zal sozlar,
Olislarga chorlaydi bu yo`llar.

Yillar o`tar daryo misol,
Kimnidir baxtlarga,
Kimni orzularga yetkazib.
Yillar o`tar daryo misol,
Kimnidir armondan,
Kimni yolg`onlardan o`tkazib.

Kimnidir yuragi intizor,
Kim go`zal sevgini tinmay izlar,
Bu hayotning tugamagan ertagi.
Balki bu olamdan beg`ubor
Tuyg`ularni izlar zor yulduzlar,
Balandlikdir qushlar istagi.

Yillar o`tar daryo misol,
Kimnidir baxtlarga,
Kimni orzularga yetkazib.
Yillar o`tar daryo misol,
Kimnidir armondan,
Kimni yolg`onlardan o`tkazib.



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Rayhon - Armondan so’ra
Otabek Mutalxo'jaev - Bahorlar go’zal
Yodgor Mirzajonov - Shamollar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты