Sherali Jo'rayev - Ohujon

Makoning bo`libdi tog`lar orasi, {x2}
Sensan go`zallikning asli, sarasi.
Ma’yus yuragingda ishqning yarasi, {x2}
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?

Ohujon, ohujon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?

Daralar qo`ynida neni istarsan,
Nechun doim g`amgin, doim mustarsan? (x2)
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?

Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?
Ohujon, ohujon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?

Yo`q, sen axtarmassan tog`lardan makon, {x2}
Va na go`zalliging uchun shuhrat-shon.
Sayyod jabri senga bermagay imkon, {x2}
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon.

Daralar qo`ynida neni istarsan,
Nechun doim g`amgin, doim mustarsan? (x2)
Latif shijoating qayga qistarsan,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon?

Ohujon, ohujon,
Sen ham oshiqmisan yoki, ohujon? {x2}

Qo`y, jonim, ko`zlaring to`lmasin yoshga,
Tongda oyog`ing qo`y baland bir toshga.
Seni quyosh o`zi ko`targay boshga,
Sen ham oshiqmisan yoki ohujon?



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Ne istarsan
Sardor Mamadaliyev - Dil yarasi
Botir Qodirov - Do’ppi
Dilso'z - Yoningda yoring
Sherali Jo'rayev - Uch balodan asrasin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты