Xurshid Rasulov - Malikam

Yoqarmikin sizga baytim, malikam,
O’zim gado bo’lgan paytim, malikam? (x2)
Sevmayman sizni, deb ayting, malikam,
Mening oromimni qayting, malikam. (x2)

Qachon yo’lim tushdi saroyingizga,
Qachon ko’zim tushdi chiroyingizga? (x2)
Mudom ko’z tegmasin, iloyim, sizga,
Mening oromimni qayting, malikam.

Mudom ko’z tegmasin, begoyim, sizga,
Mening oromimni qayting malikam.

Kimga bosh egibdi osmondagi oy?
Bosh egsa, bor edi yuragimda joy. (x2)
Sizku bexabarsiz mendan hoynahoy,
Mening oromimni qayting, malikam. (x2)

Sevgi farq etmagay shoh-u gadoni,
Men ham bir bandasi qodir Xudoning. (x2)
Avf eting bir ko’ngil qilgan xatoni,
Mening oromimni qayting, malikam. (x2)

Sevmayman sizni, deb ayting, malikam,
Mening oromimni qayting, malikam.

Ushbu qo’shiq matni uchun Shahnozaga minnatdorchilik bildiramiz.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Begoyim
Sato guruhi - Ko’z tegmasin
Tohir Usmonov - Xolidaxon
Yulduz Usmonova - Shoh va gado
Shaxriyor - Ismi yuragimda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты