Hey, nima qilibdi ust-boshimga,
Nima qilibdi ko’rinishimga?
Hech bo’lmasa salomim oling, ey do’stlarim.
Hey, nima qilibdi ust-boshimga,
Nima qilibdi ko’rinishimga?
Oddiy bola bo’lsam nima qilibdi?
Maqtanchoqlar changalida qoldimku, onajon,
Bular buncha kamsitar, dilim og’ridi yomon.
Boyvachchalar yurar yo’lga sig’madim, sig’madim,
Boylik sig’ar yuragiga sig’dirmadi sevgilim.
O’sha kunlar keladi, hali baxtli bo’laman,
Kiyim-kechaklarimni har kun alishtiraman.
O’sha kunlar kelganda aytar bir so’zim bor:
Ey, bevafo yor…
Hey, nima qilibdi ust-boshimga,
Nima qilibdi ko’rinishimga?
Hech bo’lmasa salomim oling, ey do’stlarim.
Hey, nima qilibdi ust-boshimga,
Nima qilibdi ko’rinishimga?
Oddiy bola bo’lsam nima qilibdi?
Dardimning dardi bor, bilsangiz onajon,
Endi holim o’ylab ko’ring, yomonmanmu, man yomon?
Suymasa suymasin o’sha chiroyli qiz
Faqat ko’nglim og’ritmasin, kamsitmasin, kulmasin.
Chin do’stlar qoldiku faqat ertaklarda,
Jonin fidolar qilib, turar do’stin yonida.
Maning esa do’stim shu, dardu alam, o’ksinish,
Onajon.
Hey, nima qilibdi ust-boshimga…
Hech bo’lmasa salomim oling, ey do’stlarim…
Бошка кушик матнлари: