G'ulomjon Yoqubov - Xayrli tun jonim

Sevgilim, bu oqshom go’zal xayol sur,
Xayol kemasida olib ketay, yur. (x2)
Baxting og’ushida yum ko’zlaringni,
Xayrli tun, jonim, shirin tushlar ko’r. {x2}

Men uchun hammadan keragim o’zing,
Jonimni davolar har bitta so’zing. (x2)
Hatto uxlaganda chiroyli ko’zing,
Xayrli tun, jonim, shirin tushlar ko’r. {x2}

Mening gul yoshligim bo’lsin deb obod,
Seni menga, jonim, uchratdi hayot.
Hatto uyqingda ham meni o’ylab yot,
Xayrli tun, jonim, shirin tushlar ko’r. {x2}

Orom ol eng go’zal tuyg’ular bilan,
Xayrlashgin, jonim, qayg’ular bilan.
Orom ol eng go’zal tuyg’ular bilan,
Xayrlashgin, jonim, qayg’ular bilan,
Uyg’ongin eng shirin orzular bilan,
Xayrli tun, jonim, shirin tushlar ko’r. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Guli Asalxo'jayeva - Vatan
Mansurxon Nurmatov - Olib ketay
Safiya Saftarova - Sevgilim
Shohjahon Jo'raev - Bitta bo’lsin
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты