Abdulla Qurbonov - Onajonim

Boshimga ish tushganida,
Omad qushi uchganida,
Do’stu yor ham kechganida,
Panoh bo’lgan onajonim.

Dilda pinhon g’amlarimdan,
Kiprikdagi namlarimdan,
Ko’nglimdagi kamlarimdan
Ogoh bo’lgan onajonim.

Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim.

Qatordan kam bo’lmasin, deb,
G’uncha payti so’lmasin, deb,
Mendan oldin o’lmasin, deb,
Duo qilgan onajonim.

Bu kunlar ham o’tar, degan,
Dard-alamlar ketar, degan,
Bolamni baxt kutar, degan,
Qadrim bilgan onajonim.

Onajonim, siz mehribonim,
Onajonim, siz xushzabonim,
Munisa, darddoshim,
Metin bardoshim, onajonim. (x1+x2)



Бошка кушик матнлари:


Abdulla Qurbonov, Yalla ansambli - Abdulla
Abror Azizov - Omad
Leyla - Yor-yor
Abdulla Qurbonov, Bojalar guruhi - Bog’im bor
G'ayrat Usmonov - Ajab ish bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты