Adham Soliyev - Iyya-iyyama

Tog’lar oshib boryapman,
Cho’llar oshib boryapman, (x2)
Hosiyatjon, to’yingga
Shoshib-shoshib boryapman.

Singiljonim, to’yingga
Shoshib-shoshib boryapman-o.

Iyya-iyya iyyama,
Hiyya-hiyya hiyyama, (x2)
Shunday ham chiroylisan,
Ko’zlaringni bo’yama. (x2)

Guvva-guvva guvillab,
Zuvva-zuvva zuvillab, (x2)
Shamoldayin shovullab,
To’yingga ayt, borayin,
Atirgullar olayin.

Meni ko’rib to’yingda,
Qizlar qolsin chuvillab-o.

Iyya-iyya iyyama,
Hiyya-hiyya hiyyama, (x2)
Shunday ham chiroylisan,
Ko’zlaringni bo’yama, hey. (x2)

Ko’ray kuyov bolani,
Senga o’zi mosmikan? (x2)
Alpomishday deyapti,
Shu gaplaram rostmikan? (x2)

Iyya-iyya iyyama,
Hiyya-hiyya hiyyama,
Singiljonim, to’yingga
Men bormasam bo’lama.

Iyya-iyya iyyama,
Hiyya-hiyya hiyyama,
Shunday ham chiroylisan,
Ko’zlaringni bo’yama, hay.



Бошка кушик матнлари:


Umida Mirhamidova - Oq atirgullar
Hosila Rahimova - Hay-haya
Sardor Rahimxon - Bodomgulim
Radius 21 - Kuyov bola
Adham Soliyev, Ozoda Nursaidova - Mehmonim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты