Azim Mullaxonov - Suhbatingga tashnaman

Suhbatingga tashnaman, janon,
Dil sog’inchim tinglamasmisan?
Gaplarim ko’p aytgani, inon,
Ko’zlarimdan anglamasmisan?

Gaplarim ko’p aytgani, inon,
Ko’zlarimdan anglamasmisan?

Qalbimdagin izhor qilolmay,
Termulaman har ko’rganimda.
O’z-o’zimni o’zim bilolmay,
Bir o’t yonar jismu tanimda.

O’z-o’zimni o’zim bilolmay,
Bir o’t yonar jismu tanimda.

Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman, janon. (x2)

Bu sevgimi yoxud xushtorlik?
Boramanu, aytmay qaytaman. (x2)
Qiynar yurak, qiynar xumorlik,
Bir kun shaksiz senga aytaman. (x2)

Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman,
Suhbatingga tashnaman, janon. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Botir Qodirov - Qaytaman
Karen Gafurjanov, VIA Sharq - Aytaman
Ruslan Sharipov, Yulduz Usmonova - Hasrat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты